3-fevral kuni Rim papasi Fransisk uch kunlik tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklariga keldi. Bu haqda Euronews ma’lum qildi, deya xabar beradi “Azon.uz”.
Bu Rim-katolik cherkovi rahbarining Arab yarimoroliga ilk bor kelishi. Fransiskni Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad ibn Zayd Nahayyon taklif qilgan.
Katolik cherkovi yetakchisi BAAda “Insoniy birodarlik” mavzusidagi xalqaro dinlararo konferensiyada ishtirok etadi. 5 fevral kuni esa Abu-Dabidagi “Zayd Sport Siti” majmuasida nasroniylar ibodati bo‘lib o‘tadi, unda 135 ming katolikning ishtirok etishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, BAAda asosan Filippin va Hindistondan kelgan taxminan 1 million nasroniy yashaydi.
Izoh (0)