Rossiyaning Kaluga viloyatida 3-fevral, yakshanba kuni ro‘y bergan avtobus avariyasida 7 kishi, jumladan, 4 nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Avtobus Kaluga—Vyazma yo‘lining 128-kilometrida Toshkent vaqti bilan soat 11:15 atrofida yo‘l chetiga ag‘darilgani bildirilmoqda. Bu payt uning ichida 45 kishi, jumladan, 31 nafar bola bo‘lgan. Ular Kalugaga musobaqalarga ketayotgandi.
Transport vositasi xususiy tadbirkorga tegishli bo‘lgan. Hodisa yuzasidan ikkita jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)