Qozog‘istonning Jarkentida yashovchi eng past bo‘yli Ardak Bekishyev to‘rtta oliy ma’lumotga ega qizga uylandi, deya xabar beradi “Nur.kz”.
Ardak tug‘ilganidan buyon gipofizar nanizmdan aziyat chekadi (boshqacha qilib aytganda, unda bo‘y va jismoniy rivojlanishni ortda qoldirgan garmonal muammo — pakanalik mavjud), ikkinchi guruh nogironi. 42 yoshli erkakning bo‘yi 135 santimetr. Uning rafiqasi Gavhar 40 yoshda. Gavharning ham bo‘yi baland emas — 130 santimetr.
Ardak sevgilisi Gavharni ijtimoiy tarmoqdan topgan va uni bir ko‘rishda sevib qolgan.
Hozirda ular Jarkentda yashaydi, katta to‘yni esa kuzda o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)