Kabo-Verdedagi Praya shahri portida bortida 9,5 tonna kokain topilgan Eser yuk kemasining 11 nafar ekipaj a’zosi hibsga olindi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Hibsga olinganlarning barchasi Rossiya fuqarolari bo‘lgan. Ular giyohvand moddalar kontrabandasida gumon qilinmoqda.
Panama bayrog‘i ostidagi kema Janubiy Amerikadan Marokashga yo‘lga chiqqan. Ekipaj a’zolaridan birining noma’lum sababga ko‘ra vafot etganidan so‘ng kema Kabo-Verde poytaxti portida to‘xtashga majbur bo‘lgan.
Huquq-tartibot organlariga ko‘ra, bu orol-davlat tarixida bir vaqtning o‘zida musodara qilingan eng yirik narkotiklar turkumi hisoblanadi.