Rossiyaning Saratov viloyatidagi 7-sonli axloq tuzatish koloniyasida 200 nafar xavfvli retsidivistlar to‘polon ko‘tardi, deb xabar berdi Meduza.
Koloniyada ikki guruh jinoyatchilar o‘rtasida janjal kelib chiqqan.
Mahbuslar koloniya xodimlari talabini bajarishdan bosh tortgan, mebel va boshqa buyumlarga zarar yetkazgan. Qayd etilishicha, 75 foiz mahbuslar bo‘ysunmaslik aksiyasini qo‘llab-quvvatlamagan.
Hozirda vaziyat nazorat ostiga olingan.
Izoh (0)