Braziliyaning Minas-Jerays shtatidagi Vale kompaniyasiga tegishli to‘g‘onning yorilib ketishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 121 kishiga yetdi, 226 kishi bedarak yo‘qolgan, deb taxmin qilinmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Avvalroq hodisa oqibatida 115 kishi halok bo‘lgani, 248 kishi bedarak yo‘qolgan deb taxmin qilinayotgani haqida xabar berilgan edi. Qayd etishlaricha, hozirgacha qurbonlardan 94 nafarining shaxsi aniqlangan.
Brumadinyu munitsipalitetidagi Vale kompaniyasiga tegishli to‘g‘on 25-yanvar kuni yorilib ketgan edi; hodisa oqibatida loy oqimi Vale kompaniyasining ma’muriy binosi va aholining uylarini yuvib ketgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, qutqaruv ishlari bir necha haftaga cho‘zilishi mumkin.
Avvalroq to‘g‘onning yorilishi aks etgan videoyozuvlar e’lon qilingani haqida xabar berilgan edi.