2018-yil iyul oyida ilk marotaba O‘zbekistondagi OTM reytingi aniqlangan edi. Bugungi kunda ushbu jarayonni mantiqiy davomi sifatida reyting tizimini umumta’lim maktablarda ham o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Shunga asosan, 2018-yil 29-dekabrda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq ta’limi vazirligining “Umumta’lim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori imzolandi.
Ushbu qo‘shma qaror asosida “Umumta’lim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlari” tasdiqlanib, ushbu hujjatga muvofiq umumta’lim maktablarining faoliyatini baholash quyidagi 4 ta ko‘rsatkich bo‘yicha amalga oshirilishi belgilandi:
- Bitiruvchilarning umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim tayyorgarlik darajasi va sifat ko‘rsatkichi;
- 9-sinf o‘quvchilarining bilim darajasi ko‘rsatkichi;
- Oliy va birinchi toifali o‘qituvchilar ulushi;
- Ijtimoiy so‘rov natijalari.
Izoh (0)