Toshkent avtomobil yo‘llari institutining doimiy tanlov komissiyasi raisi T.Sh. institut yotoqxonalari uchun qimmat narxda mebel jihozlari sotib olishda ayblanmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Institutda o‘tkazilgan tender tanlovida bir dona krovatni 915 ming so‘mdan yetkazib berish taklifi bo‘lsa-da, qimmat variantni ko‘rsatgan tadbirkorlik subyekti tanlovda g‘olib chiqqan. 360 dona krovat bozor bahosidan 18 million so‘m qimmatiga sotib olingan.
Bu holat Mirobod tumani prokuraturasi tomonidan olib borilgan tergov harakatlari davomida aniqlangan.
T.Sh.ga Jinoyat kodeksining tegishli bandi bilan ayblov e’lon qilindi. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)