Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanidagi “Binafsha” davlat maktabgacha ta’lim muassasasida “Obod qishloq” dasturi asosida kapital ta’mirlangan, deya xabar beradi “O‘zA”.
280 o‘ringa mo‘ljallangan muassasada kelajak vorislarining har tomonlama yetuk, barkamol bo‘lib voyaga yetishishi uchun barcha sharoit yaratilgan.
Mashg‘ulot xonalari bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha ilg‘or metodikalar asosida, zamonaviy inventarlar bilan jihozlangan. Sport va o‘yin maydonchalari qurilgan. Turli interfaol o‘yinlar, buyumlar va o‘yinchoqlar bolalarning aqlini charxlashga yo‘naltirilgan.
Izoh (0)