Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan Bektemir tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Tadbir davomida fuqarolar D.A. va Z.A. “shartli xaridor”ga 15 kilogramm simobni 100 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh (0)