30-yanvar kuni sodir bo‘lgan kuchli qor bo‘roni kamida besh kishining umriga zomin bo‘lgan, deya xabar beradi “Forum Daily”.
Prognozlarga ko‘ra, ob-havo so‘nggi o‘n yillikdagi eng sovug‘i bo‘lishi mumkin.
Meteorologlar sovuq va xavfli shamollar shtatlarning sharqiy qirg‘oqlari bo‘ylab tarqalishidan ogohlantirmoqda.
Rekord darajadagi minimal harorat qayd etilishi mumkin. O‘rta g‘arbda havo harorati Farengeyt bo‘yicha -20 darajaga tushishi mumkin (Selsiy bo‘yicha -28 daraja).
Chikago shahridagi O-Xara xalqaro aeroportida 1000 ga yaqin reyslar, ushbu mintaqadagi yana bir aeroportda 320 ta reys bekor qilingan. Chikagoga kelayotgan va undan ketayotgan poyezdlar harakati ham to‘xtatilgan.
Sinoptiklarning ma’lumotlariga ko‘ra, past harorat 75 million amerikalik yashaydigan AQShning sharqiy va o‘rta g‘arbiy qismini ham qamrab oladi.
Ko‘p shaharlarda bu 1994-yildan buyon qayd etilgan rekord.
Izoh (0)