Buyuk Britaniyada noma’lum dengiz mavjudoti aniqlandi. Bu haqda The Liverpool Echo xabar berdi.
“Katta baliq”ning skeleti 28-yanvar kuni Liverpulda topilgan. Uning uzun dumi va katta ko‘zli tekis boshi hamda butun jag‘i bo‘ylab o‘tkir tishlari mavjud.
Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, g‘alati mavjudot doimiy ravishda Liverpulning shimolidagi Mersisayd qirg‘oq chizig‘i bo‘ylab uchraydi. “Baliq” topilgan ko‘cha eng yaqin suv havzasidan 1,6 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Ba’zilarning taxmin qilishicha, bu dengiz qushi yoki boshqa yirtqich tomonidan tashlab yuborilgan o‘lja bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)