Venesuela milliy ta’sis majlisi rahbari Diosdado Kabelo mamlakat prezidenti Nikolas Maduro tarafdorlarini 2-fevral kuni ko‘chalarga chiqishga chaqirdi. Aynan shu kunga muxolifatning navbatdagi namoyish aksiyasi rejalashtirilgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
1999-yil 2-fevralda Venesuelada hokimiyatga Ugo Chaves kelgan. U mamlakat fuqarolarining hayoti darajasini yaxshilashga qaratilgan yangi siyosiy kurs boshlanganini ma’lum qilgan. Bu hodisa Bolivar inqilobi nomini olgan.
2-fevral kuni muxolifatning norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirlgan. Odamlarni ko‘chaga chiqishga Milliy assambleya rahbari Xuan Guaido chaqirgan.
Izoh (0)