Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakat aholisini uni qo‘llab-quvvatlash va AQSh prezidenti Donald Trampga qarshi turishga chaqirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Maduro venesuelaliklarni AQSh harbiy intervensiyasi xavfi haqida ogohlantirdi.
“Agar AQSh Venesuelaga nisbatan tajovuzga intilayotgan bo‘lsa, Vyetnam voqealari takrorlanishining eng yomon ko‘rinishiga duch keladi”, — dedi Maduro videomurojaati davomida.
Izoh (0)