Kiyevning Obolon tuman sudi Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichni davlatga xoinlik uchun 13 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Shuningdek, sobiq prezidentning mulkini hibsga olish haqidagi qaror ham o‘z kuchida qolgan.
Avvalroq sudya Yanukovichni mazkur ish bo‘yicha aybdor deb tan olgan.
Hukmni e’lon qila turib, sudya sobiq prezidentning aybi ishonchli dalillarga ega ekanligini ma’lum qilgan.
Yanukovichning advokatiga ko‘ra, barcha ayblovlar faqat prokuror tomonidan taqdim etilgan aktga asoslangan.
E’lon qilingan hukm sirtqi hisoblanadi, chunki sobiq prezident 2014-yildan buyon mamlakatdan tashqarida.
Izoh (0)