Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kiyevning Oboloniya tuman sudi Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichni davlatga xiyonat ishida aybdor deb topdi, deya xabar beradi “Meduza”.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Sud hukmida Yanukovichning aybi to‘liq isbotlanganligi aytilgan. Yanukovichga qo‘llanilgan jazo hali e’lon qilinmagan.

Ayblov tomoni Yanukovichga 15 yil qamoq jazosi so‘ragan. Sobiq prezident ayni damda Rossiyada bo‘lganligi sababli hukm sirtdan chiqarilgan. U mazkur ishni siyosiy uyushtirilgan deb, sud ishida biror marta ham ishtirok etmagan.

Viktor Yanukovich 2014-yilda hukumat o‘zgarganidan so‘ng Rossiyaga qochib ketgan. U Moskvadan Ukrainaga harbiylarni olib kirishni so‘raganlikda ayblangan, bu esa o‘z navbatida Qrimni Rossiyaga qo‘shilishiga olib kelgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Dunyo
Litvada ham rus tilini o‘qitishdan voz kechish taklif qilindi