Finlyandiya 153 davlatni o‘zi ichiga olgan “yaxshi mamlakatlar” (The Good Country Index) reytingida yetakchi o‘rinni egalladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Reyting saytida ko‘satilishicha, u BMT va UNICЕF’dan tortib Xalqaro valyuta fondigacha turli xalqaro tashkilotlar ma’lumotlariga asoslanib 30 dan ortiq ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholanadi. Uning g‘oyasi esa oddiy: “dunyodagi har bir mamlakat insoniyat manfaati yo‘lida qo‘shgan hissasini aniqlash”.
Reytingda Finlandiya 1-o‘rinni egallagan bo‘lib, Irlandiya, Shvetsiya, Germaniya va Daniyani ortda qoldirdi. Shuningdek, o‘ntalik tarkibiga Shvetsariya, Norvegiya, Fransiya, Ispaniya va Kanada kirdi.
Finlyadiya farovonlik va tenglik kategoriyasi, atrof muhitni muhofaza qilish sohasi bo‘yicha va ilmiy maqolalarga iqtibos keltirish indeksi ko‘rsatkichi, patentlar soni, harakatlanish, matbuot erkinligi, kiberxavfsizlik, savdo-sotiq erkinligi va boshqa kategoriyalar bo‘yicha yetakchilik qildi.
Izoh (0)