AQSh mudofaa vazirligi apparatining yangi rahbari etib iste’foga ketgan Kevin Suin o‘rniga Erik Chuning tayinlandi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.
Suin o‘z lavozimini 5-yanvar kuni tark etgan. Dekabr oyi oxirida Pentagon matbuot kotibi Dana Uayt idora rahbari Jeyms Mettisning iste’fosidan so‘ng o‘z lavozimini tark etgandi. Mudofaa vaziri vazifasini hozirda uning birinchi o‘rinbosari Patrik Shanaxan bajarmoqda.
Mettis o‘z iste’fosi sabab qilib, AQSh prezidenti bilan dunyoqarashi to‘g‘ri kelmaganligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)