Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya Afg‘onistonga qo‘shinlarini kiritish niyatida emas va buning hech qanday asoslarni ko‘rmayapti. Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sergey Ryabkov AQSh prezidenti Donald Trampning bu boradagi so‘zlariga shunday izoh berdi, deya ma’lum qiladi “TASS”.

Foto: Global Look Press

Foto: Global Look Press

Tramp joriy yil boshidagi chiqishida Afg‘onistonda ushbu mamlakatning qo‘shnilari — Pokiston, Rossiya va Hindiston jang qilishi lozimligini bildirgandi.

Bu mutlaqo istisno etilgan. Buning uchun hech qanday asos ko‘rmayapmiz. Biz Afg‘oniston hukumati bilan anchadan beri xavfsizlik borasida hamkorlik qilib kelamiz. Bu hamkorlik mustahkamlanib, yangi darajaga chiqib bormoqda. Ammo Rossiyaning harbiy ishtiroki haqida o‘ylamasa ham bo‘ladi”, — ta’kidladi Ryabkov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Afg‘on xalqining sabri bilan o‘ynashmang” — “Tolibon” qo‘mondonlaridan biri Eronni bosib olish bilan tahdid qildi  
Dunyo
Xitoyda qayta avj olishi kutilayotgan kovid, 3-marta saylangan Erdo‘g‘on, bir oydan beri namoyish o‘tkazayotgan hind sportchilari — 29-may suratlari
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi