Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on The New York Times nashrida maqola chop etdi va unda tashqi kuchlar Suriyadagi terrorchilarning qoldiqlariga qarshi kurashish bahonasida uning ichki ishlariga aralashishi mumkinligidan xavotirda ekanligini bildirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Prezident Suriyada IShID terrorchilik guruhining mag‘lubiyatga uchraganini va u yerda faqat qoldiq guruhlar zarar yetkazishi mumkinligini ma’lum qildi.
Maqolaning asosiy tezisi Amerika qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqilishini ma’qullash bo‘lgan. Shu nuqtayi nazardan, Erdo‘g‘on mamlakatda tinchlikni yo‘lga qo‘yish va iqtisodiyotni barqarorlashtirish yo‘llarini taklif qilgan.
Xususan, u barcha etnik guruhlarning hokimiyatda vakili bo‘lishini va Suriya Kurdistondagi maxsus boshqaruv organlarini tashkil etishni qo‘llab-quvvatlagan.
Erdo‘g‘on, Turkiyaning Jeneva va Ostona jarayonlarida hamkorlar bilan aloqalarni to‘xtatmasligini eslatgan.Dekabr oyi so‘ngida AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyadan qo‘shinlarini olib chiqishni e’lon qilgandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)