Fransiya harbiy-havo kuchlarining 9-yanvar kuni ertalab radarlardan yo‘qolib qolgan Mirage 2000D qiruvchi samolyoti Fransiya sharqida halokatga uchragan, samolyot bo‘laklari topildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Avvalroq bortida ikki kishi bo‘lgan samolyot Nansi-Oshe aviabazasidan havoga ko‘tarilgani, qiruvchi Yura tog‘ massivi ustidan uchib o‘tayotgan vaqtda, u bilan aloqa yo‘qolgani xabar berilgan edi.
Fransiya mudofaa vazirligi Mirage 2000D qiruvchisi bilan aloqa yo‘qolgani haqidagi ma’lumotni tasdiqladi. Ta’kidlanishicha, samolyot Su va Yura departamentlari chegarasi osmonidan past balandlikda o‘quv-sinov mashg‘ulotlarini amalga oshirayotgan edi.
Halokat joyidan parashyut topilgan. Ekipaj a’zolarini qidirish operatsiyasi davom etmoqda.
Izoh (0)