2018-yilda 4600 nafar migrant vafot etgan yoki izsiz yo‘qolgan, deya xabar beradi O‘zA Migratsiya xalqaro tashkilotiga tayanib.
Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda tashkilotning rasmiy vakili Leonard Doylning ma’lum qilishicha kamida 4 592 nafar migrant safar davomida vafot etgan yoki izsiz yo‘qolgan. Ularning yarmidan ko‘pi — 2 297 ming nafari Afrikadan Yevropaga O‘rtayer dengizi orqali o‘tmoqchi bo‘lganlardir.
Shimoliy Afrikada 567 kishi, janubiy Saxarada joylashgan Afrika davlatlarida 559, Meksika va AQSh chegarasida 393, Afrikaning boshqa hududlarida ― 274 nafar migrant halok bo‘lgan yoki izsiz yo‘qolgan.
Ro‘yxatni Yaqin Sharq (121), Yevropa (109), Markaziy Amerika (77), Janubi-Sharqiy Osiyo (68) va Markaziy Osiyo (52) davom ettiradi. Boshqa hududlarda jabrlanganlar ancha kam. Xususan, Karib dengizida 34, Janubiy Amerikada 27 kishi vafot etgan yoki izsiz yo‘qolgan.
Doylning ma’lumotiga ko‘ra 2018-yilda Yevropaga O‘rtayer dengizi orqali 116 ming migrant kirib kelgan.
Izoh (0)