O‘zbekistonda mehmonxona xizmatlari “jismoniy shaxslarning yashash joyi (propiskasi), fuqaroligi, qarindoshlik va nikoh munosabatlaridan, shuningdek, shaxsiy hayot huquqini cheklovchi boshqa omillardan qat’iy nazar” ko‘rsatilishi lozim.
“Gazeta.uz”ning qayd etishicha, bu masala Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 5-yanvar kuni imzolangan “O‘zbekistonda turizmni tezkor rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonda alohida ta’kidlab o‘tilgan.
Hujjatda qayd etilishicha, ko‘rsatib o‘tilgan cheklovlar qonunchilikka ziddir. Shunga qaramay, O‘zbekistonda ko‘p yillar davomida o‘zaro nikohda bo‘lmagan juftliklarning mehmonxonada birga yashashiga nisbatan taqiq amalda bo‘lib kelgan.
Izoh (0)