Twitter foydalanuvchilari Vashingtondagi Oq uy binosida payqab qolingan kalamushni muhokama qilmoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Qayd etilishicha, Oq uyda yashovchi kemiruvchilar haqidagi xabar 17-dekabrda Fox News jurnalisti Jon Roberts tomonidan e’lon qilingan. Jurnalistning ma’lum qilishicha, u Shimoliy maysazorda turganida kalamush uning oyog‘i ustidan yugurib o‘tib ketgan.
Independent nashri tomonidan ta’kidlanishicha, so‘nggi haftalarda butun Vashington bo‘ylab kalamushlar populyatsiyasining ko‘paygani kuzatilmoqda. Kalamushlar shaharning asosiy binosiga yetib borgandan so‘ng ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘zlarini hazillardan to‘xtata olmadi.
Xususan, Twitter foydalanuvchilari prezident Donald Tramp o‘zining ko‘plab yordamchilarini ishdan bo‘shatganini, chunki ularga ishonmaganini esga olgan. Boshqa bir foydalanuvchi esa “kalamushlardan biri prezidentning advokati bo‘lganini” yozgan.
Izoh (0)