Germaniyaning Reklingxauzen shahridagi avtobus bekatiga noma’lum shaxs avtomobil bilan bostirib bordi, oqibatda to‘qqiz kishi jabrlandi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Jabrlanganlarning olti nafari kasalxonaga yotqizildi, hujum uyushtirgan avtomobil haydovchisi ham shifoxonaga yuborildi.
Shahar politsiyasi hodisada terrorchilik alomati borligini istisno qilmadi. Ammo hodisa sabablari haqida hozircha hech qanday ma’lumot bera olmasliklarini aytdi.
Voqea joyida ekspertlar va yo‘l politsiyasi xodimlari ishlamoqda.
Haydovchining shaxsi aniqlanganicha yo‘q, u tibbiy yordam olmoqda va ayni paytda tergovchilar bilan gaplasha olmaydi.
Izoh (0)