Rossiya prezidenti Vladimir Putin an’anaviy katta matbuot anjumanida o‘zining uylanishi haqidagi savolga javob berdi, deb yozadi “TASS”.
“Barcha batartib kishilar kabi qachondir uylanishim kerak bo‘ladi”, — dedi davlat rahbari jurnalistning tegishli savoliga javoban. Ammo u aynan kimga uylanishi haqida hech narsa demadi.
Vladimir Putin 30 yil davomida Lyudmila Putina bilan umr kechirgan. 2013-yil iyunida ular ajrashishi haqida e’lon qilgan. Ular ikki qizi bor.
Izoh (0)