Rossiyalik so‘z ustasi Yevgeniy Petrosyan hamkasbi va do‘sti Obid Asomovni so‘nggi manzilga kuzatish uchun O‘zbekistonga kela olmadi. Bu haqda “Sputnik” xabar bermoqda.
Petrosyan ayni paytda Germaniyada gastrol safarida bo‘lib turibdi.
U Instagram’dagi sahifasida Asomovning oila a’zolari va o‘zbek xalqiga hamdardlik izhor qilgan. “O‘zbekiston va Rossiya buyuk iqtidordan judo bo‘ldi”, deyiladi Petrosyan ijtimoiy tarmoqda joylashtirgan videomurojaatda.
Izoh (0)