14-dekabr kuni vafot etgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov bugun, 15-dekabr kuni “Kamolon” qabristonida dafn etildi.

Foto: Telegram / @kduzb

Janoza namozi 13:00 da Toshkent shahridagi “Kamolon” masjidida o‘qildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli so‘z ustasi Obid Asomov 14-dekabr kuni Toshkentdagi 1-shahar klinik shifoxonasida vafot etdi.