Yaponiyaning Mitsubishi Heavy Industriyes korporatsiyasi boshchilik qiladigan Yaponiya va Fransiya davlat va xususiy korxonalari ishtirokidagi Konsorsium Sinop shahrida quriladigan AES qurilishida ishtirok etishdan bosh tortdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, bu holat loyihani amalga oshirish xarajatlari 5 trillion iyen (44 milliard AQSh dollar)gacha oshib ketgani bilan bog‘liq, bu esa dastlabki hisob-kitoblardan ikki barobar ko‘pdir. O‘sish Yaponiyaning “Fukusima-1” stansiyasida yuz bergan avariyadan so‘ng talablar oshib ketishi hamda turk lirasi kursining tushib ketishi bilan bog‘liq.Ma’lumotlarga ko‘ra, konsorsium qarori ham ichki, ham tashqi bozorda qiyinchilikka duch kelayotgan Yaponiya atom sanoatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada Yaponiya uchun tinchlik yo‘li bilan amalga oshiriladigan yagona xorijiy loyiha bu Buyuk Britaniyada AES qurilishi bo‘yicha loyiha bo‘lib qolishi mumkin.Turkiyadagi birinchi “Akkuyu” AES O‘rta yer dengizi sohilida joylashgan Mersin provinsiyasida 2021-yilgacha qurilishi kerak. Bu haqda Rossiya va Turkiya 2010-yilda kelishuv imzolagan. Investitsiyalarning umumiy hajmi 22 milliard AQSh dollarni tashkil qiladi. Ayni damda loyiha to‘liq Rossiya tomonidan moliyalashtirilmoqda, shu bilan birga “Rosatom” manfaatdor tomonlarga 49% ulushni sotish huquqiga ega.Anqara ikkinchi atom elektrostansiyasini Qora dengiz sohilida mamlakat shimolidagi Sinop shahrida qurmoqchi. Loyiha qiymati 22—25 milliard AQSh dollar. Qurilishni 2017-yilda boshlash rejalashtirilgan, ammo u hali ham boshlanmadi.
Izoh (0)