Uzunligi 100 metr kengligi 60 metr bo‘lgan g‘or Uells-Grey provinsiyasida joylashgan. Bu haqda National Geographic xabar berdi.
Olimlar ushbu g‘orni hozirgacha hech kim ko‘rmaganligini taxmin qilmoqda, sababi ko‘p yillar bu g‘or qor bilan qoplangan. Endilikda global isish sababli qor qoplamasi sekin chekinmoqda, ulkan g‘orni esa Kanadaning tabiatni muxofaza qilish vazirligi aprelda vertolyotdan bug‘ularni sanayotganda aniqlagan.Sentabr oyida g‘orga ilk tadqiqot guruhi yo‘l oldi, biroq ular g‘orning chuqurligini aniqlay olmadi, ular 80 metr chuqurlikgacha tushishga muvaffaq bo‘ldi, ularning yo‘lini qor, muz va suv to‘sib qo‘ydi.
G‘orshunos Keterin Xiksonning aytishicha, g‘or juda ulkan, unga qaragan inson hayratdan lol qoladi.“Men dunyoning juda ko‘p yirik g‘orlarida bo‘lganman, bu g‘or nafaqat Kanada standartlari uchun juda kamyob. Bir chetdan qaraganda uning 183 metrgacha chuqurligini ko‘rish mumkin” — deydi g‘orshunos.
Ushbu g‘orni o‘rganish uchun yaqin yillarda bu yerga katta ekspeditsiya yuboriladi, professional tadqiqotlardan o‘tkazilmaguncha g‘or keng jamoatchilikdan sir saqlanadi.
Izoh (0)