AQSh prezidenti Donald o‘zining Tvitter’dagi sahifasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Xitoy prezidenti Si Szinpin bilan qurollanish poygasi yuzasidan uchrashuv o‘tkazmoqchiligi haqida yozdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Amerika prezidenti bunday muzokaralar yaqin orada boshlanishiga ishonch bildirdi. U tomonlar nazorat qilinmayotgan qurollanish poygasini to‘xtatishni muhokama qilish zarurligini qayd etdi.
“AQShning harbiy harajatlari bu yil 716 milliard AQSh dollarni tashkil qildi. Aqldan ozish mumkin!”, — deydi Tramp.
Izoh (0)