Tesla asoschisi Ilon Mask kompaniyaning yaqin vaqt ichidagi muvaffaqiyatsizligi haqida bashorat qildi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.
Maskning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyaning qisqa vaqt ichida bankrot bo‘lishi uchun sezilarli ehtimol mavjud. Tadbirkorning ma’lum qilishicha, kompaniyaning jiddiy moliyaviy yo‘qotishlari mavjud va Tesla pullarini “jinnidek” yo‘qotmoqda.
Ilon Maskning qayd etishicha, yuzaga kelgan muammolarni yechish juda murakkab. Biroq agar bu amalga oshirilmasa, kompaniya bir necha haftadan keyin bankrot bo‘ladi.
Izoh (0)