Ukrainaning Xarkov viloyatidagi Izyum shahrida yo‘lga qum sepib yurgan traktor bir nechta avtomobil, xususan, politsiya mashinasini pachoqladi. Hodisa 20-noyabrda yuz bergan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Kommunal korxona traktorining haydovchisi yo‘lga qum sepish chog‘ida transport boshqaruvini eplay olmay qolgan va yo‘l chetida turgan yettita avtomobil, shu jumladan, Izyum shahar politsiya bo‘limi mashinasining ustiga yurib ketgan.
YTH oqibatida jabrlanganlar va qurbonlar bo‘lmagan. Avtomobillar texnik zarar ko‘rgan. Traktorchi hodisa yuz bergan vaqtda hushyor holatda bo‘lgan.
Izoh (0)