Moskvalik Pyotr Popov va Mariya Xolopseva xayriya uchun pul to‘plash maqsadida Matiz avtomobilida 25 ming kilometr yo‘l bosdi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
Ular 2018-yili Pragada boshlangan va Ulan-Udeda yakunlangan “Mug‘uliston rallisi” kichik litrajli mashinalar poygasida ishtirok etdi. Mariya va Pyotr Rossiya, Belarus, Polsha, Chexiya, Gruziya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Mug‘uliston hududi bo‘ylab safar qildi.
“Qo‘rquvlarimiz asossiz bo‘lib chiqdi, mashinani har qanday joyda, hatto ehtiyot qismlar bo‘lmaganda yerda ham tuzatish mumkin ekan. Odamlar esa hamma yerda mehmondo‘st va mehribon, bizga doim ko‘mak berishdi”, — deydi Mariya va Pyotr.
Poyga qoidalariga ko‘ra, barcha qatnashchilar xayriya uchun mablag‘ to‘pladi. Pyotr va Mariyaning “Kurpacha Unlimited” jamoasi Moskvadagi maxsus maktablardan biriga 61 ming rubl (salkam 1000 dollar) o‘tkazdi.
Izoh (0)