O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati qatnashchilari murojaat bilan chiqish qildi. Murojaat matni vazirlik saytiga joylashtirilgan.
O‘zbekistonda ob-havoning keskin o‘zgarishi, qor yog‘ishi va avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘lishi harakat qatnashchilari uchun bir qator noqulayliklar keltirib chiqarishi, yo‘l-transport hodisalari sodir etilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
“Shuni inobatga olgan holda, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilardan transport vositasini boshqarish paytida murakkab ob-havo sharoitini hisobga olishlarini, zarurat bo‘lmaganda tungi vaqtda harakatlanmaslikni, piyodalardan yo‘lni kesib o‘tishda o‘ta hushyor bo‘lishlarini, kattalardan yo‘llarda bolalarning harakatini nazoratga olishlarini so‘raydi”, — deyiladi murojaatda.
Izoh (0)