Ford kompaniyasi Yevropa bozori uchun mo‘ljallangan Focus Active avtomobilining yo‘ltanlamas xetchbek va universal talqinlarini taqdim etdi. Yangi mashinalar o‘qlarning alohida sozlamasi, kengaytirilgan qurilmalar majmuasi va nazorat tizimi ishining maxsus rejimiga ega. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Yangi modellarning bazaviy xetchbek va universaldan asosiy farq qiluvchi jihati to‘r rasmli radiator panjarasi hisoblanadi. Shuningdek, avtomobil bamperlarining konstruksiyasi o‘zgargan, yo‘lni yoritish ko‘lami kattalashgan va kuzovning qo‘shimcha himoyasiga ega.
Avtomobil 1,3 va 1,5 litr sig‘imli EcoBoost hamda 150 ot kuchiga ega 1,5 va 2,0 litr sig‘imli dizel dvigateliga ega. Dvigatel sakkizta darajali avtomatik tezlik uzatish qutisi bilan harakatlanadi.
Yangi mashinalarning ishlab chiqarilishi Germaniyada yo‘lga qo‘yilgan. Ayni paytda ularni oldindan buyurtma qilish mumkin.
Izoh (0)