11-noyabr kuni Peruda o‘smirlar futbol jamoasining avtobusi jarlikka qulashi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Silviya Pessax ma’lum qildi, deya xabar beradi “Liga.net”.
15 nafar maktab o‘quvchisi bo‘lgan avtobus 90 metrli jarlikka quladi. Hodisa Rodriges-de-Mendosa provinsiyasini Amazonka mintaqasidagi Chachapoyas provinsiyasi bilan bog‘lovchi yo‘lda sodir bo‘ldi.
Hodisa oqibatida 40 yashar ayol va 13-14 yoshli 10 nafar o‘smir jarohatlandi. Avtobus haydovchisi ham halok bo‘lgani bildirilmoqda.
Izoh (0)