AQShning sobiq birinchi xonimi Mishel Obama 20 yil avval bolasi tushib qolgani, shundan keyin umidsizlikka tushib qolgani va o‘zini yolg‘iz sezgani haqida gapirib berdi, deb yozadi Forum Daily.
13-noyabr kuni sotuvga chiqishi kutilayotgan Becoming memuarlar kitobida yozishicha, homiladorligi ma’lum bo‘lgach, er-xotin quvonchdan boshi ko‘kka yetgan, ammo bir necha haftadan so‘ng unga “jismoniy azoblar keltirgan va ularning optimizmini ko‘kka sovurgan” voqea yuz bergan.
Uning aytishicha, “iltifotli va e’tiborli turmush o‘rtog‘i” o‘sha vaqtda shtatning qonunchilik kengashida bo‘lgan, shu sababli u ko‘pincha yolg‘iz qolgan.
“Men omadsizlikka uchraganimni his qilganman, chunki bola tushishi qanchalik ko‘p tarqalganini bilmaganman, bunga esa biz bu narsalar haqida gapirmasligimiz sababchidir. Biz o‘z dardimiz bilan bo‘lib, o‘zimizni “nosoz” deb o‘ylaymiz”, — dedi Mishel.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qizlari Sasha va Maliyaga in vitro urug‘lantirish yo‘li bilan homilador bo‘lgan.
Izoh (0)