“Arsenal” klubining 29 yoshli hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang Angliya premyer ligasida oktabr oyining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Bu haqda APLning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.
Obameyang “Arsenal” safida oktabr oyidagi 3 ta o‘yinda 5 ta gol urishga erishdi. U “Fulhem” va “Lester” bilan o‘yinda 2 tadan gol urgan bo‘lsa, “Kristal Pelas” bilan bahsda ham o‘z hisobida bitta gol yozib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
APLning joriy mavsumdagi 11 ta o‘yinida qatnashgan Pyer-Emerik Obameyang hisobida hozirda 7 ta gol bor. Va u to‘purarlar poygasida Eden Azar va Serxio Aguero bilan peshqadamlikni bo‘lishib turibdi.
Izoh (0)