9-noyabr, juma kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasining 30-turi doirasida uchta bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Kunning dastlabki o‘yinida yuqori oltilikda peshqadam bo‘lib turgan “Lokomotiv” jamoasi “Buxoro”ni qabul qilib, 4:0 hisobida g‘alaba qozondi va chempionlikka katta qadam tashladi.
O‘zbekiston Kubogi sohibi AGMK Olmaliqda “Qo‘qon-1912” jamoasi bilan bellashib, 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Quyi oltilikda Superligada qolish uchun kurashayotgan ikki jamoa — “Neftchi” va “So‘g‘diyona” Farg‘onada o‘zaro hisob-kitob qildi. Uchrashuv taqdirini 89-daqiqda jizzaxliklar legioneri Nikola Milinkovich tomonidan kiritilgan gol hal etdi. U penaltidan gol urib, “So‘g‘diyona”ga muhim uch ochkoni taqdim etdi.
“Neftchi” esa mazkur mag‘lubiyat sabab Superligani muddatidan avval tark etdi. Boisi farg‘onaliklar hisobida hozirda 17 ochko mavjud va ular so‘nggi o‘rinda. AGMK va “So‘g‘diyona” jamoalari esa 23 ochkodan jamg‘arib, quyi oltilikda 4 va 5-o‘rinni band etib turibdi. Agar “Neftchi” keyingi 2 ta o‘yinda 6 ochkoga ega bo‘lsa ham o‘zar o‘yinlardagi past natijalar sabab ulardan pastga joylashadi.
Pepsi Superliga
30-tur bellashuvlari
9-noyabr, juma
“Lokomotiv”—“Buxoro” 4:0
Gollar: 1:0 — 23 Anzur Ismoilov, 2:0 — 63 Temurxo‘ja Abduxoliqov, 3:0 — 74 Sanjar Shoahmedov, 4:0 — 90 Aziz Amonov.“Neftchi”—“So‘g‘diyona” 0:1
Gol: 0:1 — 89,penalti Nikola Milinkovich.AGMK—“Qo‘qon-1912” 1:3
Gollar: 1:0 — 2 Muzaffar Muzaffarov, 1:1 — 49 Oybek Rustamov, 1:2 — 64 Behruz Sa’dulloyev, 1:3 — 83 Suhrob Berdiyev.10-noyabr, shanba
Izoh (0)