Moskvada 9-noyabr kuni tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari va maxsus vakillar darajasida Afg‘oniston bo‘yicha maslahatlashuvlarning ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiya TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Yig‘ilishga O‘zbekiston, Afg‘oniston, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va AQSh taklif qilingan.
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani mazkur tadbirga mamlakat Tinchlik oliy kengashi delegatsiyasini yuborishga qaror qildi.
Bunday darajadagi xalqaro uchrashuvda ilk bor Dohadagi (Qatar) “Tolibon” harakatining siyosiy idorasi delegatsiyasi ham ishtirok etadi.
Tadbirda yig‘ilishning yakuniy hujjatini kelishish ko‘zda tutilmagan.
Izoh (0)