Eron Kowsar qiruvchi samolyotlarini ommaviy ishlab chiqarishga kirishdi. Samolyot ishlab chiqarishni boshlash marosimi davlat televideniyesi orqali namoyish etildi, deya xabar bermoqda Reuters agentligi.
“Yaqin vaqt ichida ushbu samolyotdan zarur miqdorda ishlab chiqaramiz va Harbiy-havo kuchlariga xizmat uchun yetkazib beramiz”, — dedi marosimda Eron mudofaa vaziri Amir Hotamiy.
Avvalroq Al-Masdar portali Damashqdagi manbalarga asoslanib, Eron o‘zi ishlab chiqargan qiruvchi samolyotlar va havo hujumidan mudofaa vositalarini Suriyaga yetkazib bermoqchi ekani haqida xabar bergan edi. Manbaning so‘zlariga ko‘ra, bunda gap yangi Kowsar qiruvchi samolyoti haqida ham bormoqda.
Kowsar — to‘liq Eronning o‘zida loyihalashtirilib, ishlab chiqarilgan ilk qiruvchi samolyot. U reaktiv harbiy samolyotlarning to‘rtinchi avlodiga mansub bo‘lib, ballistik hisob-kitoblar kompyuter tizimi va ko‘p nishonli radar bilan jihozlangan.
Kowsar ilk bor 2018-yil 21-avgust kuni namoyish etilgan edi. O‘sha taqdimotda mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy ham ishtirok etgan.
Izoh (0)