Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSh prezidenti Donald Trampga Eronga qarshi sanksiyalarni joriy etgani uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Yillar mobaynida butun dunyoga tahdid solayotgan Eronning qonli terrorchi hujumiga qarshi sanksiyalarni to‘liq tiklashga chaqirib keldim. Prezident Trampga tarixiy qadamni qo‘ygani uchun rahmat”, — deyiladi Netanyaxuning Twitter’dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, 2-noyabr kuni AQSh ma’muriyati Erondan 2015-yilgi yadro kelishuvi doirasida olib tashlangan barcha sanksiyalar to‘liq tiklanishini ma’lum qildi.
Izoh (0)