“Talent show” MCHJning “Ovoz” loyihasida O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev muallifligidagi “Qora ko‘zli sanamjon” asari bo‘yicha mualliflik huquqi buzildi. Adliya vazirligining maʼlum qilishicha, loyiha ishtirokchisi qo‘shiqni huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxslarning ruxsatisiz kuylagan va asar ommaga YouTube orqali namoyish etilgan.

Vazirlik tekshiruv o‘tkazilgunga qadar video o‘chirilgani sabab huquqbuzarni kelgusida qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etishi bo‘yicha ogohlantirgan.
Shu o‘rinda asarlardan foydalanuvchilardan, jumladan teleradiokanallardan mualliflik va turdosh huquqlarga qatʼiy rioya qilishlarini so‘rab qolamiz, deyiladi manbada.
Maʼlumot uchun, qonunchilikka muvofiq muallif yoki huquq egasi huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan ming baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.
Izoh (0)