AQShning Yuta shtatidagi Nort Ogden shahri meri Brent Teylor Kobuldagi hujum oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” ma’lum qildi.
Teylor AQSh Milliy gvardiyasi razvedka zobiti edi va bir yil davomida Afg‘onistonda xizmat qilib, bu yerdagi mahalliy armiya elita bataloni harbiy xizmatchilariga konsultatsiyalar berishi ko‘zda tutilgandi. Shahar meri vazifasini bajarishni esa 2013-yilda boshlagandi.
Teylorning o‘limini Nort Ogden shahri meri vazifasini bajaruvchi Brent Chagg tasdiqladi. Zobitning yaqinlariga senator Orrin Xetch va Yuta shtatidan senatorlikka da’vogar Mitt Romni hamdardlik bildirdi.
Brent Teylorning 7 nafar farzandi bor edi.
Izoh (0)