Rejissor Muhlisa Azizova tomonidan suratga olingan “Scorpion” filmining saundtreki hamda ilk tizerining yopiq premyerasi bo‘lib o‘tdi.
Kinematografiyani rivojlantirish markazida bo‘lib o‘tgan yopiq premyera jarayonidan jurnalist Feruz Muhammad “Daryo” uchun maxsus reportaj tayyorladi.
Scorpion trillerining saundtreki mashhur qo‘shiqchi, Rossiya xalq artisti Valeriya tomonidan ijro etilgan bo‘lib, ushbu saundtrekka rejissor Muhlisa Azizova tomonidan video klip ham suratga olingan.
Film premyerasi Toshkentda o‘tkaziladigan PROlogue xalqaro kinofestivali ochilish marosimida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur film Yoshlar ittifoqi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamda kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan suratga olingan.
Izoh (0)