Rossiya xalq artisti Nikolay Karachensov 74 yoshda Moskva shahridagi 62-sonli shifoxonada vafot etdi, deb yozadi “Vedomosti”.
Karachensov 27-oktabr kuni 74 yoshga to‘lgan bo‘lar edi.
Aktyor bilan vidolashuv marosimi qachon o‘tkazilishi hozircha noma’lum. Karachensov Moskvadagi “Lenkom” davlat teatrida 20 dan ortiq sahna asarlarida rollar ijro etgan.
2017-yilda aktyorning rafiqasi Lyudmila Porgina turmush o‘rtog‘ining o‘pkasida xavfli o‘simta aniqlanganligi haqida ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)