• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Mardga ham, nomardga ham yelka tutardi” yoxud Aziza Niyozmеtova qadrdonlari xotirasida

    “Kishmish” nomli qo‘shig‘i orqali san’at olamida shuhrat qozongan xorazmlik xonanda Aziza Niyozmetova joriy yilning 14-oktabr kuni 46 yoshida vafot etdi.

    Marhumaning ayrim san’atkor do‘stlari u bilan bog‘liq xotiralarini jurnalist Mirolim Isajonovga so‘zlab berdi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    “Yaxshilik qilishdan o‘zini olib qochmasdi”

    Sayyora Qoziyeva, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist:

    “Aziza bilan qadrdonlik rishtalarimiz yurtimiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillarda bog‘langan. U o‘sha paytlarda Xorazmda ijod qilib, viloyat delegatsiyasi tarkibida poytaxtda o‘tkaziladigan Navro‘z, Mustaqillik singari davlat tadbirlariga kelib, faol ishtirok etardi. Adashmasam, ilk bor 1996-yili Mustaqillik bayrami arafasida tadbir maydonida tanishganmiz. Keyin qo‘ng‘iroq orqali suhbatlashib, yanada yaqinlashib ketdik. 2000-yili Urganch shahrida yakkaxon konsert dasturini namoyish qildi. Obid Asomov ikkimizni mehmon sifatida taklif etdi. Biz ham uning ra’yini qaytarmay, ijodiy kechasida qatnashib, o‘z chiqishlarimiz bilan muxlislarga quvonch ulashdik. Oradan bir yil o‘tib, unga poytaxtga kelishini va shu yerda ijodini davom ettirishini aytdim. Qistovim bilan oila a’zolari roziligini olib, Toshkentga keldi. Undagi intilish, san’atga muhabbat, iste’dodni ko‘rib, imkon qadar yaqindan ko‘maklashib, qo‘llab-quvvatlashga harakat qildim. Izlanishi, tinimsiz mehnati natijasida o‘z aravasini tortib ketib, qisqa fursatda o‘zbek qo‘shiqchilik san’atida nom qozondi, muxlislar orttirdi.

    U bilan juda yaqin edik. Uylarimizga ham tortinmay to‘g‘ri kirib boraverardik. Ayollarning mardi, jonsaragi edi. Mardga ham, nomardga ham yelka tutardi. Yordamga muhtoj insonga yaxshilik qilishdan o‘zini sira olib qochmasdi. Agar kimgadir yordam berish borasida imkoniyati yetmasa, boshqalar orqali bo‘lsa ham yaxshilik ulashardi. Dangalligi, mehmonnavozligini juda qadrlardim. Oramizdan mehr-oqibat ko‘tarilmasligini istab, men, Dilfuza Ismoilova, Mavluda Asalxo‘jayeva, Umida Mirhamidova, Dilfuza Rahimova, Oypopuk Eshonxonova, Tolibjon Isroilov singari san’at vakillari hamda boshqa sohadagi yaqinlarini birlashtirardi va tez-tez yig‘ilishib, diydorlashib turardik. So‘nggi marta may oyida biznikiga kelganida ko‘rishgandik. Shundan so‘ng sms yozishib, telefonda gaplashdik xolos. Uning vafoti haqidagi shum xabarni eshitib, karaxt bo‘lib qoldim. O‘sha kuni AQShdan ijodiy safardan kelgandim. Ta’ziyasiga borolmagan bo‘lsam ham, ertasiga to‘g‘ri Xorazmga yo‘l oldim. Qadrdon singlimning oxirati obod, qabri yorug‘ ziyolarga to‘lsin ilohim!”

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    “Bag‘rikеng va halim ayol edi”

    Tolibjon Isroilov, teleboshlovchi va xonanda:

    “Xorazm san’atiga shinavanda bo‘lganligim bois 1990-yillarning boshida xorazmlik tanishlarimdan Aziza va Iroda Iskandarova ikkisi haqida maqtov fikrlarini eshitganman. Ular o‘sha paytdagi Xiva san’at bilim yurtida kursdosh bo‘lishgan. Yillar o‘tib, ikkalasi ham ijodini Toshkentda davom ettira boshladi. Aziza bilan avvallari kam muloqotda bo‘lardim, salom-alikdan nariga o‘tmasdik. So‘nggi uch-to‘rt yil ichida hamkasb, ijodkor sifatida juda yaqin qadrdonlarga aylandik, munosabatlarimiz mustahkamlandi. Mendan ko‘p maslahatlar so‘rardi. ‘Insonning qanaqaligi yo‘lda yurganida bilinadi’, deganlaridek, bir qancha xorij davlatlarida safarda bo‘lganimizda uning bardoshli, sabrli ekanligiga ishonch hosil qilganman. Ruhi juda baland, oliyjanob ayol edi. Tanqidlarimni ham to‘g‘ri qabul qilardi, haqiqatni tan ola bilardi. Barcha viloyatlardan do‘stlari bor edi. Mehmon kutish va uning ko‘ngliga yo‘l topishga usta edi. Odamlarni, hamkasblarini birlashtiradigan fazilatiga besh ketardim.

    Uning aka-ukasi yo‘q bo‘lsa-da, ota-onasiga o‘g‘il, singillariga aka bo‘lib umr kechirdi. Farzandlari baxtli yashashi uchun tinim bilmadi. Bolajonligi tufayli o‘zining to‘rt nafar o‘g‘il-qizidan tashqari yana ikki nafar farzandni asrab oldi. Bag‘rikeng ona edi. U bir qarashda ko‘pchilikda kibrli, manmansiragan ayoldek ko‘rinsa-da, ammo mehrli, halim ayol edi. Yaxshi hamroh, dilkash suhbatdoshligini u bilan muloqotda bo‘lgan inson tez anglab yetardi, oddiyligiga tan berishardi.

    Oilaviy bordi-keldi qilardik, hoji dadamni duosini olishga oshiqardi. Xorazm san’ati katta universitet. U bu murakkab jarayonda Xorazm maktabiga asoslangan yo‘lini topa oldi, etno-pop janrida ijod qilishni uddasidan chiqdi. Aziza hayotda bir ayollik baxtini, to‘la-to‘kis bo‘lishni xohlagan va bunga erishish yo‘lida mashaqqatlarni yengdi, kurashlarda toblandi. Afsuski, hayotning oqu qorasini endigina taniydigan yoshga yaqinlashayotganida oramizdan ketdi. Janozasida qatnashib, oxirgi yo‘lga kuzatib qaytar ekanmiz, u bilan turli bayramlarda, oilaviy tadbirlarda o‘tgan lahzalarimiz ko‘z oldimdan kinotasmasidek birma-bir o‘tdi. Ammo hayot, taqdir shunday ekan, hech kimning umri abadiy emas. Yaqin do‘stim va singlim insoniy fazilatlari bilan xotiramizda abadiy yashaydi”.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    “Kishmish”ning muvaffaqiyat siri nimada?

    Xonandaning “Kishmish” taronasi millionlab tinglovchilar ko‘nglidan munosib o‘rin oldi va shundan keyin u uchun mashhurlik onlari boshlandi.

    “O‘zim musiqa o‘qituvchisi bo‘lganligim bois san’at qonun-qoidalarini yaxshi bilardim. Poytaxtga tayyor holatda pishib kelganman. O‘shandayoq repertuarimda 250—300 ta qo‘shig‘im bo‘lgan. Xorazmdagi mashhur “Ojiza”, “Sheroza” maktablarida tajribali ustozlar qo‘lida saboq olganman. Maqtanishga yo‘ymang-u, aksariyat hamkasblarim yillab qilgan mehnatlari orqali erishgan muvaffaqiyatga men olti oydagina erishganman. Bitta qo‘shig‘im bilan el og‘ziga tushib, mashhur bo‘lganman. ‘Kishmish’ning so‘zi qolipiga mos tushgan. Musiqaning me’yorda bo‘lishiga ham katta ahamiyat berganmiz. Xorazmning asl shevasi va quloqqa judayam yoqimli eshitiladigan so‘zlarini kuyga solganligimiz sabab, boshqa qo‘shiqlarim ‘Kishmish’dek ommalashmadi. Yigirma yildan ortiq vaqt mobaynida qayerga tadbir yoki to‘yga borsam, albatta, mana shu taronamni aytishimni so‘rashadi. Bularning barchasi uchun avvalo, Yaratganga beadad shukronalar aytaman”, degandi suhbatlarning birida Aziza Niyozmetova.

    26.10.2018, 10:33   Izoh (0)   133700
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxorolik raqqos Rossiyaning “TNT” kanalidagi “Raqslar” loyihasi hakamlarini hayratda qoldirdi

    25.10.2018, 14:00

    “Salom, rashk” filmining premyera kuni ma’lum bo‘ldi (video)

    24.10.2018, 18:37

    O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limiga direktori tayinlandi

    24.10.2018, 17:23

    Karim Mirhodiyev nomzodi APSA “Oskar”iga tavsiya etilmoqda

    24.10.2018, 16:51

    “Bosh rollarda Dilnoza Kubayeva hamda Javohir Zokirov”. “Vasiyat” filmining suratga olish jarayonidan reportaj (foto va video)

    24.10.2018, 13:45

    Burak Ozchivit Mehmet Bo‘zdag‘ning “Tirilish. Usmon” serialida bosh qahramonni gavdalantiradi

    24.10.2018, 11:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Xomanaiyni sharmandali o‘limdan qutqarganini aytdi

    Dunyo | 27 iyun, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 27-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 27 iyun, 23:05

    “Paxtakor” metro bekatida 3 yoshli qizaloqning oyog‘i vagon eshigiga qisilib qoldi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:46

    Sherzod Asadov “Oltin qalam” g‘oliblarini taqdirlash marosimida prezidentning OAV xodimlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:25

    Superliga. Qo‘qondagi gollar shousida “Dinamo” “Qo‘qon-1912”ni mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 27 iyun, 22:09

    Toshkent viloyatida 1,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 21:40

    Shavkat Mirziyoyevning Belarusga amaliy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 21:10

    Toshkentda onlayn narkodo‘konning 5 nafar aʼzosi qo‘lga olindi (video)

    O‘zbekiston | 27 iyun, 20:55

    O‘zbekistonda qamoqqa olinganlarni qiynoqqa solish hollarining oldini oluvchi qonun imzolandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 20:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.