Yaponiya kosmik agentligi “Akatsuki” zondi tomonidan o‘tgan yili olingan ma’lumotlarning yangi to‘plamini e’lon qildi. Ular orasida Veneraning juda chiroyli va sifatli suratlari ham bor. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi
Xabarda aytilishicha, zond tomonidan ikkita turli diapazonda ultrabinafsha nurli kameralarda olingan suratlar birlashtirilgan va ularga bo‘yoq berilgan.
2010-yilning may oyida uchirilgan zond 2010-yilning dekabr oyida Venera atmosferasidagi sirlarni o‘rganishni boshlashi kerak edi. Biroq apparat dvigateldagi muammolar sababli sayyoraning yonidan uchib o‘tib ketgan. “Akatsuki” besh yildan keyin, Quyoshni aylanib Veneraga qaytib kelgach, muhandislar zondni sekinlashtirishga va uni sayyora atrofidagi barqaror orbitaga olib kirishga muvaffaq bo‘lgan.
So‘nggi uch yil davomida yapon apparati Venera atmosferasining tuzilishi, uning iqlimi va boshqa sirlari haqida juda ko‘p ma’lumot olishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)