Merkuriy tuprog‘ida suv izlarini orbitadan turib izlashga qodir bo‘lgan Rossiya gamma-spektometri Yevropaning BepiColombo apparatida 20-oktabr kuni sayyorga jo‘natiladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Bu Rossiyaning Yevropa kosmik ilmiy apparati uchun ilmiy qurilma yetkazib berish bo‘yicha ochiq tanlovda yutib chiqishga birinchi urinish bo‘lgan. Qurilma to‘liq Rossiya mablag‘i hisobiga tayyorlangan. Uning bortiga esa “Rossiyada ishlab chiqarilgan” degan yozuv tushirilgan.
Qayd etilishicha, apparat Merkuriy tuprog‘idagi kimyoviy moddalar tarkibini tadqiq qiladi, shuningdek, sayyoraning Quyosh yoritmaydigan qutbga yaqin qismlarida muz izlarini izlaydi, u joylarda manfiy ko‘rsatkichli harorat hukmronlik qiladi.
Bepicolombo apparati Yevropaning “Arian-5” raketasida uchiriladi. Parvoz yetti yil davom etadi, apparat Venerani ikki marta aylanadi va Yerning yaqinidan o‘tadi, doimiy pasayish bilan Merkuriy atrofida bir necha marta aylanadi. Bepicolombo Merkuriy orbitasida ikkita apparatga bo‘linadi — magnit sferali orbiter va planetar orbiter.
Izoh (0)